Fan-texnika | 13:30 / 30.01.2018
9285
1 daqiqa o‘qiladi

iPhone X ishlab chiqarish ikki baravarga qisqarishi kutilmoqda

Foto: AP

Apple kompaniyasi iPhone X ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini yanvardan boshlab uch oyga qisqartirmoqchi. Nikkei shu haqida xabar berdi. 

Manbada ma'lum qilinishicha, 40 million smartfon ko‘rsatkichi 20 millionga kamayadi. Bunday qarorga yangi avlod smartfonining Yevropa, AQSh va Xitoy bozorlarida kutilganidan kamroq sotilishi sabab sifatida keltirilmoqda. 

Ta'kidlash joizki, Apple nisbatan arzon modellar (iPhone 8, 8 Plus va 7) uchun 30 million maqsadli ko‘rsatkichini o‘zgartirmaydi.

Apple kompaniyasi Nikkei xabariga izoh bermadi. 

Joriy yilning kuzida iPhone smartfonlari qatori quyidagicha ko‘rinish olishi kutilmoqda: iPhone SE — 349 dollar, iPhone 7 va iPhone 7 Plus: 449 dollar va 569 dollar; iPhone 8 va iPhone 8 Plus: 549 dollar va 669 dollar; 6,1 dyuymli Face ID'ga ega iPhone: 649 yoki 749 dollar; 5,8 dyuymli iPhone X: 999 dollar; 6,5 dyuymli iPhone X Plus: 1099 dollar. 

Mavzuga oid