Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sankt-Peterburgda 11 yoshli Salmon Madumarovni qidirish ishlari davom etmoqda

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida 11 yoshli Salmon Madumarovni qidirish ishlari davom etmoqda. Uning ota-onasi Qirg‘iziston janubidan kelgan o‘zbek oilasi bo‘lib, bola juma, 26 yanvar kuni bedarak yo‘qolgan. Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, bola ko‘chaga futbol o‘ynash uchun chiqqan, biroq uyga qaytib kelmagan.
Salmon Madumarovning 41 yoshli otasi politsiyaga xabar berishicha, o‘g‘li 26 yanvar kuni, mahalliy vaqt bilan soat 16:00da futbol o‘ynash uchun uyidan chiqib ketgan. Lekin u haqda hozirgacha hech qanday ma'lumot yo‘q.
Sankt-Peterburgdagi «Liza Alert» qidiruv-qutqaruv tashkilotidan xabar berishlaricha, Salmonni qidirish ishlari uchun maxsus shtab tashkil etildi, unga 50 nafar ko‘ngilli jalb qilingan.
Ko‘ngillilarning ma'lumotiga ko‘ra, Salmon Madumarovning ota-onasi istiqomat qiluvchi uydan uncha uzoq bo‘lmagan yerda «Prospekt Slavy» temir yo‘l bekati bor, u yerdan elektrpoyezdlar Leningrad va Novgorod oblastiga yo‘l oladi.
Rossiya Tergov qo‘mitasining Sankt-Peterburg bo‘yicha bosh tergov boshqarmasi ushbu holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgani haqida xabar berdi.
Mavzuga oid
10:05 / 07.06.2026
Ukraina yana Peterburgga hujum qildi
08:52 / 02.04.2026
O‘zbekistonlik ayol va uning uch farzandi Rossiyadan olib kelindi
08:25 / 27.02.2026
Xayrulla Ibodullayevga «Jasorat» medali tantanali topshirildi
13:41 / 25.02.2026