MXX va prokuraturadagi o‘zgarishlar haqida rasman ma'lumot berildi

O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati Milliy xavfsizlik xizmati va bosh prokuraturadagi lavozimiy o‘zgarishlar bo‘yicha rasman ma'lumot berdi.
Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 31 yanvardagi PF-5317-son Farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 93-moddasining 24-bandiga muvofiq Rustam Rasulevich Inoyatov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining siyosiy-huquqiy masalalar bo‘yicha Davlat maslahatchisi lavozimiga tayinlangan, shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati Raisi lavozimidan ozod etilgan.
O‘z navbatida, uning o‘rnini O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Ixtiyor Baxtiyorovich Abdullayev egalladi. Prezidentning PF-5318-son Farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 93-moddasining 12 va 24-bandlariga muvofiq Ixtiyor Abdullayev O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati Raisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori lavozimidan ozod etildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 31 yanvardagi PF-5320-son Farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 93-moddasining 12 bandiga muvofiq Otabek Baxritdinovich Murodov O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori lavozimiga tayinlandi, shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining siyosiy-huquqiy masalalar bo‘yicha Davlat maslahatchisi lavozimidan ozod etildi.
Tavsiya etamiz
Karmanada maktab o‘quvchisi oliygohga kirish uchun muddatidan avval maksimal ballni to‘pladi
Jamiyat | 20:18 / 27.03.2025
“Kontraktga kirsang o‘qita olmaymiz deyishgan” – orzular yo‘lida stereotiplarni yengib o‘tgan navoiylik qiz hikoyasi
Jamiyat | 20:50 / 25.03.2025
AESda ishlab chiqariladigan elektr energiyasining narxi qancha bo‘ladi?
O‘zbekiston | 18:04 / 25.03.2025
JCh-2026 saralashi: Eronga qarshi o‘yin oldidan
Sport | 15:16 / 25.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Turkmaniston prezidenti bilan uchrashdi
O‘zbekiston | 11:15
-
Venesuela prezidenti AQSh davlat kotibini «ahmoq» deb atadi
Jahon | 11:02
-
Toshkentda 4 ta maktabning futbol maydonini ijaraga olib bermoqchi bo‘lgan bog‘cha rahbari ushlandi
O‘zbekiston | 10:32
-
Isroilda hukumatga qarshi namoyishlar qayta boshlandi
Jahon | 10:11
Mavzuga oid

22:52 / 15.11.2021
Rustam Inoyatov prezident maslahatchisi lavozimidan ketdi

23:04 / 06.03.2020
Rustam Inoyatov O‘zbekiston tennis federatsiyasi raisi lavozimini tark etdi

19:15 / 02.10.2019
Prezident maslahatchisi Rustam Inoyatovning o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi

17:30 / 01.03.2019