28 fevral – 1 mart kunlari Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining ön sakkizinçi yalpi majlisi bölib ötdi. Unda senatorlar, vazirlik va idoralar rahbarlari, ommaviy axborot vositalari xodimlari iştirok etişdi. 

Yalpi majlis kun tartibiga 23 masala kiritilgan bölib, birinçi kuni ularning 15tasi körib çiqildi. Birinçi kuni 14 qonun ma'qullandi va 1 qonun rad etildi. 

Ma'qullangan qonunlar içida «Özbekiston Respublikasining Saylov kodeksini tasdiqlaş töğrisida», «Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlaş töğrisida», «Jazoni ijro etiş muassasalaridan ozod qilingan ayrim toifadagi şaxslar ustidan ma'muriy nazorat töğrisida»gi yangi qonunlar bor. Şuningdek, ayrim qonunlarga özgartiş va qöşimçalar kiritilişi hamda ayrim xalqaro hujjatlarni ratifikatsiya qilişga oid qonunlar ham ma'qullandi. «Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jamoatçilik nazoratini kuçaytirişga qaratilgan özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida»gi qonun esa ayrim kamçiliklari tufayli rad etildi. 

Özbekiston Respublikasi boş vaziriga, boş vazir örinbosarlariga parlament sörovlari yuborilişi ma'lum böldi. 

Kun.uz fotomuxbiri ikki kun davomida senat faoliyatini suratlarga muhrladi.

Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati rahbariyati
Buxoro viloyati hokimi Öktam Barnoyev va Jizzax viloyati hokimi Ergaş Saliyev