Jahon | 20:02 / 31.01.2018
28131
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiyalik futbolchi noma'lum qizni himoya qilish vaqtida hayotidan ayrildi 

Foto: screenshot

Istanbulning “Yedikule” klubi futbolchisi Yunus Emre Izol o‘z do‘stlari bilan birga bir qizni 38 yoshli erkakdan himoyalash vaqtida pichoqlandi. Futbolchi olingan jarohatlardan shifoxonada jon bergan.  

Qiz taksiga o‘tirmoqchi bo‘lganda erkak uni telefon o‘g‘irlashda gumon qilib ura boshlagan. Sportchi ikki do‘sti bilan erkakni to‘xtatmoqchi bo‘lganda, ular orasida mushtlashuv chiqqan va erkak pichoqni “ishga solgan”. Erkak futbolchining yurak sohasiga ikki marta pichoq urgan. Shuningdek, futbolchining do‘stlari ham jarohat olishgan.    
 
Ma'lum qilinishicha, erkak mast holda bo‘lgan. U, shuningdek, avval tan jarohatlari yetkazgani uchun  sudlangan bo‘lgan. 

“Erkak qizni sochidan tortqilab turgandi. U menga pichoq urdi, keyin esa Izolning yuragiga pichoq urganini ko‘rdim. Izol shifoxonaga kelganimizdan ikki daqiqa o‘tib jon berdi”, deb eslagan bo‘lgan voqeani futbolchining do‘stlaridan biri. 

Mavzuga oid