Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
14 fevraldan sovuq suv tarifi oshadi
«Suvsoz» korxonasining xabar berishicha, Toshkentda 14 fevraldan sovuq suv tariflari oshadi. Yangi narxlar poytaxt hokimiyati tomonidan 29 yanvar kuni tasdiqlandi.
Aholi uchun bir kub metr sovuq suv narxi 190 so‘mdan 195 so‘mga, kanalizatsiya xizmatlari 155 so‘mdan 162 so‘mga qimmatlashadi.
Hisoblagich bo‘yicha to‘lov amalga oshirishda markazlashgan issiq suv ta'minotiga ega ko‘p qavatli uylarda 1 metr kub narxi 625 so‘m (hozirda — 500 so‘m), markazlashgan issiq suv ta'minotisiz — 460 so‘m (hozirda — 395 so‘m).
Xususiy sektor uylarida kanalizatsiya mavjud bo‘lganda bir kub metr suv narxi 345 so‘mdan 460 so‘mga, kanalizatsiyasiz — 190 so‘mdan 295 so‘mga oshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, bunga qadar sovuq suv tarifi o‘tgan yilning 21 iyulida oshirilgandi.
Mavzuga oid
16:28 / 13.06.2026
Toshkentda yo‘l talashgan haydovchi ikkinchi haydovchiga tayoq bilan hujum qildi
20:06 / 10.06.2026
Prezident huzurida Islom sivilizatsiyasi markazining faoliyati va rejalari ko‘rib chiqildi
16:55 / 09.06.2026
Biznes-ombudsman Toshkentdagi reklamalarni buzishda qonuniy yo‘l tutishga chaqirdi
10:25 / 09.06.2026