«Suvsoz» korxonasi tomonidan Toşkent şahrida 21 iyuldan sovuq suv ta'minoti xizmati uçun yangilangan tariflar joriy etiladi. Toşkent şahri hokimiyati 4 iyul kuni yangi narxlarni tasdiqlagan. Tariflarning qimmatlaşuvi elektr energiya va boşqa resurslar narxining qimmatlaşuvi bilan boğliq.
Aholi uçun bir kub metr sovuq suv narxi 180 sömdan 190 sömga, kanalizatsiya xizmatlari 115 sömdan 155 sömga qimmatlaşadi.
Hisoblagiç böyiça tölov amalga oşirişda markazlaşgan issiq suv ta'minotiga ega köp qavatli uylarda (issiq suvga hisoblagiç bölmaganda) 1 metr kub narxi 500 söm (hozirda — 410 söm), markazlaşgan issiq suv ta'minotisiz — 345 söm (hozirda — 295 söm).
Xususiy sektor uylarida kanalizatsiya mavjud bölganda bir kub metr suv narxi 295 sömdan 345 sömga, kanalizatsiyasiz — 180 sömdan 190 sömga oşiriladi.
Ma'lumot uçun, hisoblaş uskunalari bölmagan holatlarda sovuq suv xizmati böyiça tölovlar belgilangan tariflarga oşib boruvçi 1,5 koeffitsiyentni tatbiq etiş bilan amalga oşiriladi.
Bungaça oxirgi marta ötgan yilning 1 oktabrida sovuq suv tarifi 8 foiz oşgandi.
Eslatib ötamiz, 15 iyuldan Özbekistonda elektr energiyasi va gaz tariflari ham oşadi.
Toşkent şahrida 15 iyuldan issiq suv ta'minoti va isitiş tizimi xizmati tariflari ham qimmatlaşadi.
















