Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Adliya vazirligi FIFAdagi korrupsiya yuzasidan surishtiruv boshladi
AQSh Adliya vazirligi dunyo sportidagi korrupsiya yuzasidan katta hajmdagi surishtiruv ishlarini boshladi, deb xabar beradi New York Times.
Manba ma'lumotiga ko‘ra, FIFA (Xalqaro futbol federatsiyasi), XOQ (Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi), IAAF (Yengil atletika bo‘yicha xalqaro federatsiya) va AQSh MOQ (Milliy Olimpiya qo‘mitasi) faoliyati jiddiy tarzda o‘rganib chiqiladi.
Nashrning ta'kidlashicha, Adliya vazirligi yengil atletika bo‘yicha ikkita jahon chempionati (2019 - Doha, 2021 - Yujin) mezbonligini qo‘lga kiritish jarayonida yo‘l qo‘yilgan pul yuvish, reket va firibgarlikning ehtimoliy holatlarini, shuningdek, Rossiya tomonidan 2014 yilgi Olimpiada va 2018 yilgi jahon chempionati mezbonligini qo‘lga kiritish tafsilotlarini tekshiruvdan o‘tkazadi.
Adliya vazirligi har bir tashkilotdan 2013 yildan buyon yuritilgan hujjatlarni, guvohlik ko‘rsatmalarini talab qilib olgan. Aynan shu yildan so‘ng AQSh yengil atletika bo‘yicha jahon chempionati (Yujin-2021) va Olimpiada-2028 (Los-Anjyeles) mezbonligini qo‘lga kiritgan edi.
Nashrning qayd qilishicha, AQSh MOQ bu xabarni izohlashni istamagan, XOQ so‘rovnomaga javob bermagan, IAAF esa Adliya vazirligi tashkilot bilan bog‘lanmaganini ta'kidlagan.
Mavzuga oid
16:34 / 12.06.2026
«Dunyoni biz boshqarmaymiz» – Infantino arbitr Artan AQShga kiritilmaganiga munosabat bildirdi
09:17 / 11.06.2026
Professordan tarbiyachigacha: pedagogik lavozimlar ro‘yxati belgilandi
21:30 / 10.06.2026
Amerikada tarixdagi eng qimmat jahon chempionati boshlanmoqda - barchasi muxlislar puli hisobiga
10:10 / 09.06.2026