Jamiyat | 08:37 / 01.02.2018
38340
1 daqiqa o‘qiladi

Farg‘onada qotillik yuz berdi

Farg‘ona shahrida qotillik yuz berdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Qayd etilishicha, 29 yanvar kuni soat 13.00larda Farg‘ona shahrida, yashash va  ishlash joyini tayini bo‘lmagan, muqaddam sudlangan, 1992 yilda tug‘ilgan D.I. mast holda Bozor yo‘li ko‘chasida joylashgan qurilishi tugallanmagan binoning 3-qavatida o‘zaro janjal oqibatida Dodxox ko‘chasida yashagan 1981 yilda tug‘ilgan R.B.ning bosh qismiga g‘isht bilan urib jarohat yetkazib, so‘ngra uni arqon bilan bo‘g‘ib o‘ldirib voqea joyidan yashiringan. 

Ko‘rilgan choralar natijasida D.I. qo‘lga olingan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid