Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shakar narxi o‘sishiga asosiy sabab nima?
Foto: Fotolia
2017 yilda O‘zbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari orasida shakar narxining oshib ketishi sabablari odamlarni qiziqtirgan masalalardan biriga aylandi. Shakarning qimmatlashuvi bilan uning asosida ishlab chiqariladigan qandolat mahsulotlarining narxi ham ko‘tarilishi kuzatildi. Xo‘sh, shakar va qandolat mahsulotlari narxlari o‘sishining asosiy sabablari nimada? O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi mutaxassislari bunga oydinlik kiritdi, deb yozmoqda O‘zA.
Shakar va qandolat mahsulotlari narxlari o‘sishining asosiy sababi o‘rganilganda ichki ishlab chiqarish quvvatlarining aholi ehtiyojlarini to‘liq qondirish imkoniyatiga ega emasligi, shakar mahsulotiga bo‘lgan mavsumiy tebranishlarni bartaraf etish maqsadida yetarli miqdorda shakar xom ashyosi importining amalga oshirilmaganligi aniqlangan.
Ma'lumot uchun, 2017 yilda shakar narxi o‘tgan yilning dekabr oyiga nisbatan 28,8 foizga oshgan.
Vazirlik mutaxassislarining aniqlik kiritishicha, O‘zbekistonning turli hududlarida yirik savdo markazlari – supermarket va gipermarketlarning mavjud emasligi hamda tovarlar davlat xaridi tizimining yetarlicha rivojlanmagani iste'mol tovarlari narxining oshishida qo‘shimcha sabablar bo‘lgan.
Yirik savdo markazlari narxlarning barqaror saqlab turishda, iqtisodiyotda naqd pul muomalasini tartibga solish, samarali davlat xaridi tizimining joriy qilinishi esa iste'mol tovarlari bo‘yicha mavsumiy tebranishlarning oldini olish va shu orqali inflyatsiyani jilovlash imkonini beradi.
Mavzuga oid
19:31 / 30.12.2025
Yil yakuni: 2025 yil O‘zbekiston iqtisodiyotidagi asosiy tendensiyalar
12:05 / 26.12.2025
Shavkat Mirziyoyev: iqtisodiyot texnologik va innovatsion o‘sish modeliga o‘tkaziladi
17:52 / 24.12.2025
Prezident Surxondaryoni investitsiya va aholi daromadi eng tez o‘sadigan hududga aylantirish vazifasini qo‘ydi
17:42 / 18.12.2025