2017 yilda Özbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari orasida şakar narxining oşib ketişi sabablari odamlarni qiziqtirgan masalalardan biriga aylandi. Şakarning qimmatlaşuvi bilan uning asosida işlab çiqariladigan qandolat mahsulotlarining narxi ham kötarilişi kuzatildi. Xöş, şakar va qandolat mahsulotlari narxlari ösişining asosiy sabablari nimada? Özbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi mutaxassislari bunga oydinlik kiritdi, deb yozmoqda ÖzA.

Şakar va qandolat mahsulotlari narxlari ösişining asosiy sababi örganilganda içki işlab çiqariş quvvatlarining aholi ehtiyojlarini töliq qondiriş imkoniyatiga ega emasligi, şakar mahsulotiga bölgan mavsumiy tebranişlarni bartaraf etiş maqsadida yetarli miqdorda şakar xom aşyosi importining amalga oşirilmaganligi aniqlangan.

Ma'lumot uçun, 2017 yilda şakar narxi ötgan yilning dekabr oyiga nisbatan 28,8 foizga oşgan. 

Vazirlik mutaxassislarining aniqlik kiritişiça, Özbekistonning turli hududlarida yirik savdo markazlari – supermarket va gipermarketlarning mavjud emasligi hamda tovarlar davlat xaridi tizimining yetarliça rivojlanmagani iste'mol tovarlari narxining oşişida qöşimça sabablar bölgan. 

Yirik savdo markazlari narxlarning barqaror saqlab turişda, iqtisodiyotda naqd pul muomalasini tartibga soliş, samarali davlat xaridi tizimining joriy qilinişi esa iste'mol tovarlari böyiça mavsumiy tebranişlarning oldini oliş va şu orqali inflyatsiyani jilovlaş imkonini beradi.