Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikistonda eski mashinalarni olib kirishga taqiq 15 fevraldan joriy etiladi
Tojikiston hukumati tomonidan mamlakatga 2005 yilga qadar ishlab chiqarilgan avtotransportni olib kirishni taqiqlash bo‘yicha qaror qabul qilindi.
Joriy yilning 27 yanvariga tegishli bo‘lgan hujjat matnida aytilishicha, qabul qilingan chora joriy yilning 15 fevralidan amal qiladi.
Tojikiston Respublikasi hukumati huzuridagi Bojxona xizmati va mamlakat Ichki ishlar vazirligiga «olib kirilayotgan transport vositalarini ushbu qarorga muvofiq tarzda bojxona rasmiylashtiruvi va ro‘yxatdan o‘tkazishni nazorat qilish» vazifasi yuklandi.
Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon joriy yilning 18 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan hukumatning kengaytirilgan yig‘ilishida eski avtomashinalarni respublikaga olib kirishni taqiqlash masalasini ko‘rib chiqish haqida topshiriq bergandi.
O‘shanda davlat rahbari ekologiyaga eski avtomobillardan keluvchi zarar hamda poytaxt Dushanbe yo‘llarida tirbandlik ortishidan tashvishda ekanini bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tojikiston hukumati 2005 yilga qadar ishlab chiqarilgan avtomobil transportini mamlakatga olib kirishga taqiq joriy etish niyatida ekani xabar berilgandi.
«2005 yilga qadar chiqarilgan avtotransport vositalarini mamlakatga olib kirish taqiqlanadi», - deya ma'lum qilgan Tojikiston Respublikasining Atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha qo‘mitasi Atmosfera havosidan foydalanish va himoya qilish bo‘yicha bo‘limi boshlig‘i Saidusmon Sudurov. Amaldorning so‘zlariga ko‘ra, ushbu tashabbus mamlakat hukumati tomonidan ilgari surilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, loyiha bilan 2005 yildan avval chiqarilgan avtomobillarni mamlakatga olib kirish taqiqlanadi
Mavzuga oid
08:25 / 14.05.2026
Dunyoda qaysi avtomobil brendlari yetakchilik qilmoqda?
10:44 / 25.04.2026
Xitoy avtosanoatida AI “inqilobi” boshlandi
20:08 / 08.10.2025
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Tojikistonga boradi
21:26 / 25.08.2025