Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikistonda 2005 yilgacha chiqarilgan avtomobillarni olib kirish taqiqlanadi
Tojikiston hukumati 2005 yilga qadar ishlab chiqarilgan avtomobil transportini mamlakatga olib kirishga taqiq joriy etish niyatida.
«2005 yilga qadar chiqarilgan avtotransport vositalarini mamlakatga olib kirish taqiqlanadi», - deya ma'lum qilgan Tojikiston Respublikasining Atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha qo‘mitasi Atmosfera havosidan foydalanish va himoya qilish bo‘yicha bo‘limi boshlig‘i Saidusmon Sudurov.
Amaldorning so‘zlariga ko‘ra, ushbu tashabbus mamlakat hukumati tomonidan ilgari surilgan. «Iqtisodiy rivojlanish va savdo vazirligi tomonidan ishchi guruh tashkil etildi, tegishli loyiha hukumatga ko‘rib chiqish uchun kiritildi», - deya ta'kidlab o‘tgan S.Sudurov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, loyiha bilan 2005 yildan avval chiqarilgan avtomobillarni mamlakatga olib kirish taqiqlanadi, deb xabar bermoqda Dialog.tj.
«Agarda, loyiha hukumat tomonidan tasdiqlanadigan bo‘lsa, bunday taqiq joriy yilning 1 aprelidan joriy etiladi», - deya aniqlik kiritdi amaldor.
S.Sudurovning ma'lum qilishicha, bunday chora ekologik xavfsizlik nuqtai nazaridan qabul qilinmoqda. «Eski avtomobillar havoni ifloslantirmoqda, bu yirik shaharlar va aholi punktlarida ko‘zga yaqqol tashlanadi», - dedi Sudurov.
Mavzuga oid
08:25 / 14.05.2026
Dunyoda qaysi avtomobil brendlari yetakchilik qilmoqda?
10:44 / 25.04.2026
Xitoy avtosanoatida AI “inqilobi” boshlandi
20:08 / 08.10.2025
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Tojikistonga boradi
21:26 / 25.08.2025