O‘zbekiston | 16:15 / 02.02.2018
14107
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbek olimi Butunjahon fanlar akademiyasi a'zosiga aylandi

Foto: Butunjahon fanlar akademiyasi

2018 yil 26 yanvarda Butunjahon fanlar akademiyasining yangi 35 nafar a'zosi nomi ma'lum bo‘ldi. Ular orasida O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Matematika instituti olimi O‘tkir Roziqov ham bor. Bu haqda Uzbekistan Today xabar bermoqda.

Fizika-matematika fanlari doktori O‘tkir Roziqov termodinamikani matematik biologiyaga kiritish maqsadida statistik mexanika va voyaga yetgan populyatsiyalar evolyutsion algebralarida Gibbs holatlari nazariyasiga katta hissa qo‘shgan. U r-adik dinamik tizimlar va r-adik taqsimlashlarni o‘rganish g‘oyasini ilgari surdi.

U TWAS yosh hamkori sifatida tayinlangan (2007–2012) va ayni damda TWAS Young Alumnus bitiruvchisi hisoblanadi, yosh olimlar uchun TWAS mukofoti, «O‘zbekiston belgisi» medali, «Ajoyib o‘qituvchi» mukofotiga sazovor bo‘lgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid