![](http://storage.kun.uz/source/2/6d3kYsdy_DWov6ToxbNUFbhxXFem9wNf.jpg)
Foto: Getty Images
Ispaniya matbuoti «Real» bosh murabbiyligiga Maurisio Pochettino tayinlanishi haqida bong urmoqda. «Tottenhem» ustozi o‘zi bilan go‘yo hujumchi Harri Keynni ham olib kelayotgani haqida mish-mishlar tarqalib ketgan.
Zinedin Zidan bu gap-so‘zlarga izoh berdi.
«Bu har qanday murabbiyning kundalik ishidir. Bunday holatga faqat Madridda uchramaysiz. Jamoa og‘ir ahvolga tushib qolsa, yangi bosh murabbiy haqidagi gap-so‘zlar ko‘payib ketadi.
Ammo bu menga hech qanday ta'sir qilmaydi. Men har kungi ishimni davom ettiraveraman. Maqsadim - jamoam natijalarini yaxshilash.
Keyingi mavsum haqida o‘ylamayman. Nima yuz berishi meni xavotirga solmaydi», — deb murabbiy so‘zlarini keltirmoqda Goal.