Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda yashash joyiga ega bo‘lmagan 30 shaxs tibbiyot muassasalariga joylashtirildi
Foto: IIBB
Toshkent shahrida ob-havoning keskin sovib ketishi munosabati bilan, Toshkent shahar IIBB Patrul-post xizmati brigadasi shaxsiy tarkibi tomonidan, tibbiyot muassasalari bilan hamkorlikda, shahar hududida ma'lum bir yashash joyiga ega bo‘lmagan fuqarolarga yordam ko‘rsatilmoqda. Bu haqda IIBB axborot xizmati xabar berdi.
Jumladan, 2018 yil 2 fevraldan 3 fevral kuniga qadar yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan toifadagi 30 nafar shaxslar joylardagi tibbiy muassasalarga joylashtirilib, ularga malakali birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, issiq ovqat hamda yotoq joyi bilan ta'minlandilar.
Qayd etilishicha, hozirda mazkur yo‘nalishdagi tadbirlarning o‘tkazilishi davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
21:30 / 01.06.2026
Sergeli avtomobil bozori buzilmaydi - Toshkent shahar hokimligi
17:27 / 30.05.2026
Sergeli avtomobil bozorida noqonuniy olibsotarlarga qarshi reyd: 30 kishiga chora ko‘rildi
18:51 / 29.05.2026
Toshkentda yaxshi yashash uchun qancha pul kerak?
17:54 / 29.05.2026