Sport | 22:01 / 03.02.2018
17300
1 daqiqa o‘qiladi

«Tottenhem» Keynni sotishga rozi bo‘ldi

Foto: Getty Images

Britaniya matbuoti xabariga ko‘ra, «Tottenhem» klubi yetakchi hujumchisi Harri Keynni sotishga tayyor.

«Shporlar» 24 yoshli to‘purar bilan yozda 200 million yevro evaziga xayrlashishi mumkin. 

Bu qiymat ingliz klubi rahbariyatini to‘liq qoniqtiradi. Futbolchi uchun Madridning «Real» klubi asosiy da'vogar bo‘lib turibdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid