Turni şu kuni öziga xos bölmagan qora-sariq rangli formada maydonga tuşgan «MYu» oçib berdi. Klub bu ranglarda 90-yillar boşlarida, öz tarixida ilk bor ketma-ket ikki çempionlikka erişgan davrida öynagan. Ammo bu ham jamoaga yordam bermadi va öyin startidayoq tezkor gol ötkazib yuborildi. Hujumda töp yöqotilgaç, Henderson öz jamoasi jarima maydoni yaqinida turib uzun pas uzatdi, Maguayr sun’iy ofsayd holati yuzaga keltirişga ulgurmadi va töpni boşda öziga böysundirib olgan Igor Tiago kuçli zarba bilan yaqin «töqqizlik»ni nişonga oldi.
Keyinroq bir neça ajoyib seyvlar amalga oşirgan Bayindirda bu vaziyatda imkoniyat yöq edi. Köp ötmay Tiago qaytgan töpni darvozaga kiritib yuborib, dublini rasmiylaştirganida ham.
20-daqiqaga kelib ikki gol farqi bilan ortda qola boşlagan mehmonlarda heç qanday imkoniyat qolmagandek köringandi. Ammo «qizil iblislar» tezda öziga kelişdi va hisobni qisqartirişdi. Qarşi hujumda Patrik Dorgu töpni jarima maydoniga yetkazib berganida, tartibsizlik yuzaga keldi va «MYu»ning yozdagi xaridlaridan biri Benyamin Şeşko uçinçi urinişda töpni darvozaga yöllab, debyut golini nişonladi.
Ikkinçi bölim boşida «Brentford» yana raqibdan yaxşiroq boşladi va ketma-ket hujumlar uyuştirdi. Lekin gol köproq mehmonlarga zarur edi va Ruben Amorim 66-daqiqada ikkitalik almaştiriş amalga oşirdi. Leni Yoro şu kuni yuqori himoya çiziğida yaxşi harakatlana olmagan Maguayrning örniga tuşdi. Tayanç yarimhimoyaçisi Manuel Ugarte esa hujum vakili Kobbi Maynuga örnini böşatib berdi.
Şu kuni mezbon muxlislar tomonidan huştakbozlikka uçragan Brayan Mbemo 76-daqiqada «MYu» uçun penalti işladi. VAR bu epizodni Neytan Kollinzni maydondan çetlatiş ehtimoli böyiça jiddiy körib çiqdi, ammo futbolçiga körsatilgan sariq kartoçka yetarli deb topildi.
Mavzuga oid
Nuqtaga «MYu» sardori Brunu Fernandeş yaqinlaşdi, ammo u bu mavsumda ikkinçi bor 11 metrdan muvaffaqiyatsiz zarba berdi. Kelleher esa öz darvozasiga belgilangan sönggi beşta penaltidan uçtasini qaytarmoqda. Bu epizod amalda öyin taqdirini hal qildi. Qolgan vaqt davomida «Yunayted» bosim qilişga urindi, ammo çinakamiga xavfli vaziyat yarata olmadi. Öyinga qöşib berilgan daqiqalarda esa «Brentford» qarşi hujumda uçinçi golni ham urdi. «Mançester Yunayted» 2024 yil may oyidan buyon APLda qatorasiga ikki ğalabaga erişa olmayapti. Amorim öjarlik bilan özining 3-4-3 sxemasidan voz keçmasdan, öz iste’fosini yaqinlaştirmoqda. Portugaliyalik mutaxssis «MYu» boşqaruvida APLning 33 öyinida işladi. Jamoa uning boşqaruvida faqat töqqiz öyinda ğalaba qozongan, yetti bor durang öynab, 17 öyinda mağlubiyatga uçragan.
«Brentford» esa yozda «Tottenhem» boşqaruviga yöl olgan Tomas Franksiz ham, sobiq jamoadoşlariga qarşi öynagan Mbemosiz ham, Isak örniga «Nyukasl»ga ötib ketgan Vissasiz ham, jamoa sardorligidan «Arsenal»ning zaxira örindiğini afzal körgan Norgarsiz ham APLda munosib iştirok etmoqda.
«Liverpul» bu mavsumda muxlislarini eng qiyin vaziyatlardan çiqib ketişiga örgatib qöygandi. Bu öyinda ham hisob 0:1 holatida köpçilik barçasi öyin oxirida hal bölişini kutayotgandi. Öyin davomida Alisson juda köp marta qutqardi va intrigani saqlab turdi. Londonliklar barça jabhalarda peşqadamdan ustun edi: jami zarbalar (10:6), darvoza sohasiga töğri borgan zarbalar (4:2), töpni olib qöyişlar (13:1) va hatto muvaffaqiyatli fintlar (4:2) böyiça ham.
Lekin 87-daqiqada şubhali vaziyatda Kiyeza hisobni tenglaştirdi: töp unga qöli bilan öynagan Salohdan keldi, VAR xonasidagi hakamlar esa bu qoidabuzarlikni körişmadi.
Şundan keyin «Kristal Pelas» ham sönggi daqiqalar qurboniga aylanadigandek körina boşladi. Ammo londonliklar nafaqat yutqazmaslikni, balki mavsum startidagi beş öyinda beş ğalabaga erişgan çempionni ularning uslubida nokautga uçratişni uddaladi. Öyinga qöşib berilgan yettinçi daqiqada mezbonlar aut ijrosidan keyin mehmonlar mudofaasini doğda qoldirişdi va Nketia yaqin masofadan turib töpni darvozaga yölladi. Unga assistni yozgi transferlarning oxirgi kunida «Liverpul»ga ötişi amalga oşmay qolgan himoyaçi Mark Gehi bergani dramani yanada kuçaytirdi. Mavsumdagi ilk mağlubiyatdan keyin ham mersisaydliklar turnir jadvalining birinçi örnida qolişdi, «Pelas» esa hozirça ikkinçi öringa kötarildi.
Oliver Glasner jamoasi qatorasiga ön sakkiz öyinda mağlub bölmagan holda ötgan asrda örnatilgan klub rekordini takrorladi. Agar faqat APL öyinlari hisobga olinsa, «burgutlar» öz tarixida ilk bor 12 öyindan iborat mağlubiyatsiz seriyasini davom etmoqda va bu mavsumda ham hali yutqazmagan yagona jamoa bölib qolmoqda.
«Mançester Siti» esa «Byornli»ni sönggi daqiqalardagi gollar evaziga yirik hisobda mağlub etdi. Öyinning eng omadsiz futbolçisi mehmonlar himoyaçisi Estev böldi — u ikki bor öz jamoasi darvozasini işğol etib qöydi. APLning butun tarixida bunday holat faqat olti bor kuzatilgan. Öyinning eng yaxşi futbolçisi maqomini esa qöşimça daqiqalarda dublni rasmiylaştirgan Holand ilib ketdi. Erling öyin taqdirini hal qilmadi, ammo turnir tarixidagi eng yaxşi norvegiyalik töpurarga aylanib oldi. «Şaharliklar» forvardi «MYu»ning sobiq hujumçisi Ule-Gunnar Sulşerni quvib ötib, ligadagi gollari sonini 97 taga yetkazib olişi uçun 103 öyin yetarli böldi.
Şu kuni «Çelsi» himoyaçisi Çalobaning faoliyatidagi eng yomon öyinlardan biri böldi. U maydondan çetlatilgan 53-daqiqaga qadar köklar jamoasi hisobda oldinda borayotgan va navbatdagi ğalabani rasmiylaştirişiga köpçilik şubha qilmayotgandi. Ammo «Stemford Brij» mezbonlari kamçilik bölib qolgaç, hisobdagi ustunligini saqlab qololmadi. Avvaliga zaxiradan tuşgan Uelbek muvozanatni tikladi, u Mintening ajoyib uzatmasidan keyin darvozabon hududida turgan holda aniq zarba berişi yetarli edi. Öyin oxirida esa londonliklar kuçli bosimga doş bera olmadi. Qanotdan amalga oşirilgan yana bir hujum Viffer töpni qulay pozitsiyada turgan De Kayperga taşlab berişi va jarohatdan tuzalib safga qaytgan himoyaçi ğalaba golini urişi bilan yakunlandi. «Çelsi» sardori Jyeymsning penalti işlaşga urinişi besamar ketganida, «Brayton» pressing bilan töpni olib qöydi va Uelbek ikkinçi golini urdi. Endi oxirgi uç öyinda atigi bir oçko işlagan Enso Mareska şogirdlari turnir jadvalining sakkizinçi örniga tuşib ketdi.
Kuning oxirgi öyinida «Tottenhem» ham boşqa yetakçi jamoalarga qöşilib, turni omadsiz ötkazdi. Şporlar autsayder «Vulverhempton»ga qarşi öyinning asosiy vaqtida hisobda ortda bordi. Londonga safariga qadar hisobida birorta oçko bölmagan «börilar» Buenoning APLdagi ilk goli evaziga uç oçko bilan qaytişga yaqin edi. Ammo öyinga qöşib berilgan törtinçi daqiqada Sarr va Joau Palinyaning sa’y-harakatlari evaziga mezbonlar şarmandalikdan qutulib qolişdi.
Şanba kungi Madrid derbisi Ispaniyada boşqa voqealarni soyada qoldirdi. Lekin şu kuni «Vilyarreal» YeÇL yöllanmasi uçun kuraşdagi asosiy raqiblaridan biri «Atletik» bilan orani oçiq qildi. Minimal hisobdagi ğalabadan keyin «sariq submarinalar» uçinçi örinni mustahkamladi va eng yaqin ta’qibçisi «Atletiko»ni tört oçkolik farq bilan ortda qoldira boşladi. Şu bilan birga, Marselino Toral jamoasi natijani oldinroq hal qilişi ham mumkin edi, ammo Pepe Byukenen taşlab bergan töpni bir neça metr masofadan turib darvoza töriga kirita olmadi. Moleyro esa töpga qanday moslaşiş böyiça ivuarlik jamoadoşiga saboq berdi va töp noqulay kelganiga qaramay, uni ustun yonidan darvoza töriga kiritdi. «Vilyarreal» uçun navbatdagi sinov, YeÇL ikkinçi tur öyinidan keyin «Real» maydoniga safar böladi.
«Yuventus» «Inter» bilan öyindagi fenomenal ğalabadan (4:3) keyin qatorasiga ikki bor durang öynadi. «Verona» maydonidagi durangga aniq oçko yöqotiş deb qaralsa, «Atalanta» bilan öyin natijasiga aniq baho beriş qiyin. Bir tomondan, bergamoliklar hujumkor jamoa va Sulemananing ikki himoyaçidan qoçib ketib, burçakni aniq poylagani mehmonlarning yagona goli bölib qolmasligi ham mumkin edi. Şu bilan birga, Kabal hisobni tenglaştirganidan keyin «Keksa sinioralar» ğalabani ilib ketişga ham yaqin kelişdi. Turinliklar öyin oxirida töpga va hududlarga egalik qilişdi, 80-daqiqada De Ron ikkinçi sariq kartoçkani olganidan keyin son jihatdan ham ustunlikka ega bölişdi. Ammo yakuniy şturmda Makkenni yaqin pozitsiyada turib gol ura olmadi va hisob özgarmay qoldi.
«Kalyari» – «Inter» 0:2
Gollar: L. Martines, 9 (0:1). F. Espozito, 82 (0:2)
«Kalyari»: Kaprile, Mina, Luperto, Ze Pedru (Gaetano, 58), Adopo, Deyola (Feliçi, 58), Folorunşo (Idrissi, 77), Obert (Borrelli, 77), Pelestra, Belotti (Prati, 44), Seb. Espozito
«Inter»: X. Martines, de Vrey, Bastoni, Akandji, Xakan Çalxanoglu, Mxitaryan, Barella (Frattezi, 64), Karlos Augustu (Dimarko, 46), Luis Enrike (Dyumfris, 72), Tyuram (F. Espozito, 64), L. Martines (Bonni, 89)
Ogohlantirişlar: Karlos Augustu, 45. Barella, 59
Lautaro Martines qatorasiga uç turdan buyon gol urolmayotgandi. Ammo argentinalik hujumçi boşlanğiç tarkibga qaytişi bilanoq Bastonining uzatmasidan foydalanib, hisobni oçdi. Bu Martines uçun A Seriyada «Inter» uçun urilgan 117-gol böldi va u neradzurrilar tarixidagi töpurarlar röyxatida Sandro Matssolani ortda qoldirgan holda beşinçi öringa kötarildi. Undan yuqorida faqat Juzeppe Meatssa (197), Benito Lorensi (138), Iştvan Niyerş (133) hamda Alessandro Altobelli (128) joylaşgan. Öyin oxirida esa Kristin Kivu yoşlar jamoasidan jalb etgan Pio Espozito çempionatdagi ilk golini nişonladi. Klub tarbiyalanuvçisi hisoblangan, ötgan mavsumni «Spetsiya»da ijara asosida ötkazgan yoş hujumçini murabbiy klublar örtasidagi jahon çempionatida ham sinab körgandi va u asta-sekin asosiy jamoa a’zosiga aylanib bormoqda. Tyuram örniga tuşirilgan 20 yoşli forvard Dimarkoning uzatmasini golga aylantirdi.
«Borussiya» tezkor gol ötkazib yuborişi mumkin edi, ammo mezbonlar hujumi töp darvoza ustuniga tegişi bilan yakunlandi, javob hujumida esa hisob oçildi. Bayyer öng qanotga töpni uzatdi, Brandt himoyaçi Svensonni golli pas bilan ta’minladi. Ikkinçi golli hujumda esa asosiy rolni maydonning ikkinçi qismidan ajoyib reyd uyuştirgan Adeyyemi bajardi. U töpni himoyaçi yonidan çiroyli tarzda ötkazib yubordi va uni aylanib ötdi, şundan söng jarima maydoni oldida Brandt bilan devor uslubida öynab, töpni qayta qabul qilib olgaç, burçakni aniq nişonga oldi. Dortmundliklar bundesligada ketma-ket önta öyinda tanaffusga ğolib holda yöl olgan birinçi jamoa sifatida tarixga kirdi.
«Bavariya»ni «Borussiya»dan taşqari «Leypsig» ham ta’qib etmoqda, uşbu jamoa yangi mavsumni amaldagi çempiondan 0:6 hisobidagi yirik mağlubiyat bilan boşlagandi, lekin tezda öziga kelib qatorasiga tört öyinda ğalaba qozondi. Navbatdagi turda esa «Volfsburg» maydoniga safar qilgan «hökizlar» ilk daqiqalardanoq ustunlik qildi va birinçi goli ofsayd tufayli bekor qilingan bölsa-da, keyingi hujumdayoq hisobni oçdi. Bakayoko jarima maydoni çiziği oldida turib yaqin burçakni aniq nişonga oldi va mavsumdagi gollari sonini uçtaga yetkazdi. Bu gol uç oçko uçun yetarli bölib çiqdi, mehmonlar öyin oxirida hisobdagi farqni oşirişi ham mumkin edi, ammo Baumgartner penaltidan foydalana olmadi.
«Bayyer» esa Hamburgda ham qiynaldi, faqat birinçi bölim örtalarida himoyaçidan öziga kelib qolgan töpni darvozaga aniq yönaltirgan Tapsoba hisobni oçdi. Ammo köp ötmay darvozabon Flekken leverkuzenliklarni uyaltirdi, u töpga çiqişda işonçsiz harakat qilib, töpni qölidan çiqarib yubordi, Val esa qayçi uslubidagi zarbasi bilan hisobni tenglaştirdi. Daniyalik darvozabon öyin oxirida aybini yuvdi va xavfli jarima zarbasini bartaraf etib, «aspirinçilar» uçun ğalabali hisobni saqlab qoldi. Bungaça esa mehmonlar ustozi Kasper Yulmanning ikkinçi bölimdagi almaştirişlari iş bergan va Poku maydonga tuşganiga ikki daqiqa ötmasdan Grimaldoning uzatmasini golga aylantirgandi.
Şanba kungi dasturning oxirgi öyinida qiziq holat kuzatildi. Menhengladbahliklar 72-daqiqadan keyin törtta gol urişdi, oxirgi ikki gol qöşimça daqiqalarda kiritildi, lekin bu mağlubiyatdan qutuliş uçun ham yetarli bölmadi. Çunki Gladbahdagi öyinning birinçi bölimidayoq masala hal qilib bölgan va «Ayntraxt» tanaffusgaça beşta javobsiz gol urgan, ikkinçi bölim boşida hisobdagi farqni oltitaga yetkazgandi. Ötgan turda «Union»dan 3:4 hisobida mağlub bölgan mehmonlar bor alamini keyingi raqibdan olişdi - 6:4. Frankfurt jamoasi endi «Bayyer»dan özib ketib, kamida yakşanba kungi öyinlar yakunlarigaça kuçli törtlikka kirib oldi.