Jahon | 15:36 / 03.02.2018
17231
2 daqiqa o‘qiladi

Ukraina BMT Xavfsizlik kengashi bo‘yicha kutilmagan taklif bilan chiqdi

Foto: Ukrinform

Ukrainaning BMTdagi delegatsiyasi ma'lum qilishicha, Xavfsizlik kengashini qayta isloh qilish zarur, xususan, bunda veto huquqini qo‘llash jarayoniga alohida e'tibor qaratish kerak.

«Ukrinform»ning yozishicha, bu haqda Ukraina delegatsiyasining BMTni isloh etish bo‘yicha hukumatlararo muzokaralardagi bayonotida aytilgan.

«Muzokaralar vaqtida veto huquqi hamda Xavfsizlik Kengashi ish usullari, kabi masalalarga alohida e'tibor qaratish lozim», - deya ta'kidlab o‘tishgan Nyu-Yorkdagi yig‘ilish davomida Ukraina missiyasidan.

Hujjatda aytilishicha, Ukraina va BMT XKning boshqa a'zolari so‘nggi ikki yil davomida Xavfsizlik kengashi «institutsional kamchiliklari» borligiga guvoh bo‘lishgan.

Ukraina tomonining fikricha, veto huquqi «faqat bir delegatsiya Kengashni, XK harakatlari juda kerak bo‘lganda paytda falaj qilib qo‘yishi mumkin ekanini» anglatadi.

Ta'kidlanishicha, so‘nggi yillarda veto huquqini suiiste'mol qilish bo‘yicha juda ko‘p shunday holatlar kuzatilgan.

Mavzuga oid