Jahon | 19:50 / 04.02.2018
6221
1 daqiqa o‘qiladi
AQShda poyezdlar to‘qnashishi oqibatida 70 kishi jabrlandi
AQShning Janubiy Karolina shtatidagi Payn Rij shahri yaqinida mahalliy vaqt bilan 4 fevral ertalab Amtrak temir yo‘l kompaniyasining Nyu-York–Mayami yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanayotgan yo‘lovchi poyezdi yuk poyezdi bilan to‘qnashib ketdi.
To‘qnashuv oqibatida 2 kishi halok bo‘lgan, 70 ga yaqin kishi jarohat olgan.
Ma'lum qilinishicha, jarohatlanganlar mahalliy shifoxonalarga yetkazilganlar.
Amtrak ma'lumotlariga ko‘ra, yo‘lovchi poyezdida 139 yo‘lovchi va ekipajning 8 a'zosi bo‘lgan. To‘qnashuv oqibatida poyezdning bir nechta vagoni relslardan chiqib ketgan. Voqea joyida qutqaruvchilar ish olib bormoqdalar.
Mavzuga oid
22:51 / 22.11.2024
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
21:25 / 22.11.2024
Rossiya ortidan AQSh ham yadro strategiyasini o‘zgartirdi
13:52 / 22.11.2024
AQSh O‘simliklar karantini agentligiga 205 ming dollarlik uskunalar topshirdi
21:00 / 21.11.2024