Jahon | 22:47 / 04.02.2018
6893
2 daqiqa o‘qiladi

Eng badavlat kishilar AQSh sog‘liqni saqlash tizimini yaxshilashga kirishishdi

Foto: Alex Wong / Getty Images

Jyeff Bezosning Amazon, Uorren Baffetning Berkshire Hathaway va Jyeymi Daymonning JPMorgan Chase kompaniyasi — umumiy hisobda milliondan ziyod kishi faoliyat yurituvchi va kapitalizatsiyasi 1,5 trillion dollardan oshuvchi uch korporatsiya — sog‘liqni saqlash sohasida notijorat tashkilot faoliyatini yo‘lga qo‘yish haqida ma'lum qildi. Tashkilotning vazifasi kompaniyalar xodimlari uchun to‘xtovsiz oshib borayotgan tibbiyot xarajatlarini qisqartirishdan iborat bo‘ladi. Ushbu hamkorlik texnologiyalar, sug‘urta va moliya sohasidagi eng qudratli o‘yinchilarni birlashtiradi. Forbes shu haqida ma'lum qildi.

"Tibbiyotga sarflanayotgan haddan ortiq xarajatlar Amerika iqtisodiyotiga putur yetkazmoqda", - dedi Uorren Baffet. Sanoatdagi inqiloblarning mohir ustasi  hisoblangan Bezos qo‘shimcha qildi: "Qanday qiyin bo‘lmasin, sog‘liqni saqlashning iqtisodiyotdagi yukini yengillashtirish va xodimlar hamda ularning oilalari farovonligini oshirishga harakat qilish kerak".

Daymonning so‘zlariga ko‘ra, hozirda korxonaning maqsadli auditoriyasi Amazon, Berkshire va JPMorgan kompaniyalari xodimlaridan iborat bo‘lsa-da, kelgusida ular butun mamlakatni qamrab olishga umid bildirishmoqda.

Mustaqil notijorat tashkilot Baffetning investitsiyalar bo‘yicha menejyerlaridan biri Todd Kombs, JPMorgan'ning boshqaruvchi direktori Marvell Sallivan va Amazon'ning katta vitse-prezidenti Bet Galetti tomonidan boshqariladi.

Hamkorlik qudrati sog‘liqni saqlash sohasidagi investorlarni cho‘chitish uchun yetarli bo‘ldi. Sohadagi qator kompaniyalar (Express Scripts, CVS, UnitedHealth, Aetna, Humana va Walgreens)ning aksiyalari narxi pasaya boshladi.

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid