O‘zbekiston | 00:30 / 04.02.2018
8192
1 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryoda "O‘simliklar klinikasi" tashkil etilishi rejalashtirilmoqda

Foto: Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmati

Surxondaryo viloyatida aholi tomorqalaridagi qishloq xo‘jalik ekinlarini kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish bo‘yicha Davlat xususiy sherikchilik asosida tashkil etilgan "O‘simliklar klinikasi" yangi xizmati Qashqadaryo viloyatida ham yo‘lga qo‘yilishi belgilanmoqda.

Innovatsion rivojlanish vazirligi va Toshkent davlat agrar universiteti bilan Qashqadaryo viloyatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlar o‘rtasida uchrashuv seminar  tashkil etilib, bunda "O‘simliklar klinikasi"ni aholiga xizmat ko‘rsatish faoliyati to‘g‘risida tanishtirish, hududlarda joriy etish, uning samaradorligi va qulayliklari bo‘yicha ishtirokchilarga batafsil tushintirishlar va ularning barcha qiziqtirgan savollariga javob berdilar.

 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid