Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kiprda prezident saylovlarining 2-bosqichi bo‘lib o‘tadi
4 fevralda Kiprda prezident saylovlarining 2-bosqichi bo‘lib o‘tadi. Unda 1-bosqichda eng ko‘p ovoz to‘plagan ikki nomzod – DISI partiyasidan nomzod, amaldagi prezident Nikos Anastasiadis va AKeL partiyasidan nomzod Stavros Malas ishtirok etadi.
Shu munosabat bilan mamlakatda 1122 ta va xorijda 30 dan ko‘proq saylov uchastkalari soat 7.00dan ochiladi. Ovoz berish soat 18.00gacha davom etadi. Zarurat bo‘lsa, ovoz berish saylov uchastkasida 21.00gacha davom etishi mumkin.
Saylovchilar ro‘yxatida 18 yoshga to‘lgan 551 ming kishi bor. Saylovning dastlabki natijalari soat 19.30da (Toshkent vaqti bilan 22.30da) olinishi kutilmoqda.
Kipr prezidenti 5 yilga saylanadi. Mamlakatni 2023 yilgacha boshqaradigan yangi prezident nomi 5 fevralda e'lon qilinadi. Saylovning 1-bosqichida 9 nomzod qatnashgandi, biroq ulardan birortasi g‘alaba uchun zarur bo‘lgan 50 foizdan ko‘proq ovoz to‘play olmagan. O‘shanda Anastasiadis 35,5 foiz, Malas 30,25 foiz ovoz to‘play olgandi.
Mavzuga oid
15:14 / 09.03.2026
Kiprdagi aviabazaga hujum qilgan drondan Rossiyada chiqarilgan qismlar topildi
15:15 / 03.03.2026
Trampning e’tirozi: Britaniya Eronga zarbalar uchun bazalarini bermadi
13:43 / 02.03.2026
Kiprdagi Britaniya aviabazasi dron hujumiga uchradi
15:22 / 05.02.2026