Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Tez yordam» xodimi bemor uyini tunab ketdi
Foto: screenshot
Andijon shahrida yashovchi fuqaro U.G. Andijon shahar IIBga ariza bilan murojaat qilib, 2018 yil 12 yanvar kuni soat 07:00 larda yashash uyi mehmonxonasidagi televizori ustidan narxi 24.000.000 so‘mlik tilla taqinchoqlari: 1 dona tilla zanjir, 1 dona uzuk, 1 dona braslet va 1 juft ziraklari noma'lum shaxs tomonidan o‘g‘irlab ketilganligini, o‘zi izlab topa olmaganligini bildirgan. Bu haqda Andijon viloyati IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ko‘rilgan tezkor choralar natijasida noma'lum shaxs Andijon tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro A.L. bo‘lib chiqdi. Olib borilgan profilaktik surishtiruv ishlari natijasida fuqaro A.L. 2018 yil 12 yanvar kuni soat 06:30 larda, U.G.ning chaqiruviga asosan yashash uyiga tez-tibbiy yordam avtomashinasida kelib, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatib chiqib ketayotib, yuqoridagi buyumlarini o‘g‘irlab ketganligi aniqlandi.
Mazkur holat bo‘yicha Andijon shahar IIB huzuridagi TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
16:09 / 31.03.2026
Andijonda qalbaki dori tayyorlovchi 3 ta yashirin laboratoriya aniqlandi
09:06 / 30.03.2026
Vodiyga poyezdlar qatnovi vaqtincha to‘xtadi
19:35 / 28.03.2026
Andijondagi yashirin dori sexlaridan 10 mlrd so‘mlik qalbaki dorilar musodara qilindi
16:36 / 21.03.2026