O‘zbekiston | 13:34 / 04.02.2018
105292
4 daqiqa o‘qiladi

“O‘zbekenergo”​ iste'molchilarga ochiq murojaat yo‘lladi

Kun.uz tahririyati aholi talab va taklifini inobatga olib, turli ijtimoiy masalalarni jamoatchilikka keng yoritib bormoqda. Shular qatori, aholini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta'minlash masalasiga ham ko‘p marta qayta murojaat qilingan. Quvonarli jihati shundaki, tahririyatimizga energiya uzilishidan shikoyat qilib murojaat yo‘llagan o‘quvchilar kamayib bormoqda. Haqiqatan, so‘nggi paytda “O‘zbekenergo”​ AJ mutasaddi vakillarining tinimsiz mehnati bilan sohada birmuncha ijobiy o‘zgarishlar yuz berdi. 

Shulardan biri - jamiyat rahbariyati hamda iste'molchilar o‘rtasida qulay va yengil aloqa kanali ochilgani bo‘ldi. “O‘zbekenergo”​ rahbariyati kelgusida sifatli, aniq va rejali ishlarni davom ettirish maqsadida iste'molchilarga ochiq murojaat yo‘lladi. 

​"Assalomu alaykum, hurmatli iste'molchilar!
Xabaringiz bor, “O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati Boshqaruv Raisi rahbarligida “Telegram” ijtimoiy messenjeri orqali “O‘zbekenergo” AJ bilan muloqot” kanali ishga tushirildi.

Aloqa kanalining asosiy maqsadi joylardagi elektr energiyasi ta'minoti bilan bo‘lgan muammolar, va takliflarni o‘rganish, kerak bo‘lsa, biz bilmagan kamchiliklarni bilib, ularni oldini olishdan iborat. Shu bilan birga xalqimizga munosib xizmat ko‘rsatishdan iborat.

Yana qo‘shimcha qilib aytmoqchimanki, bu murojaatlarni (ijtimoiy tarmoqdagi - tahr.) tagida bizni “O‘zbekenergo” jamiyatini keyingi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlikni hozirdan tashkil qilishimiz va iste'molchilardan kelib tushgan murojaatlar ish rejasi bo‘lib xizmat qiladi.

Sizlarga bir misol aytib o‘tmoqchiman, shu aloqa kanalini 2018 yil 23 yanvar kuni 16.00 larda ishga tushirdik.  O‘sha kunning o‘zida 4 soat mobaynida 786 ta murojaat kelib tushdi.

Bir o‘ylab ko‘ringlar, 4 soatni ichida shuncha murojaat, odamlar buni yaxshi kunidan yozgani yo‘q, har birini dardi ichida va joylarda hali qilinadigan ishlarimiz ko‘pligidan dalolat beradi.

Agar shu dardni, biz oldini olmas ekanmiz, bizni ishlashga haqimiz yo‘q, deb o‘ylayman!

Shu sababli murojaatlarni ertalab soat 9.00 dan 21.00 gacha qilib belgiladik.

“O‘zbekenergo” AJ bilan muloqot kanali ishga tushgandan buyon jami 9 359 ta murojaat kelib tushgan.

Tushgan murojaatlar asosiy qismi, ya'ni

‑84% elektr ta'minoti uzilishi;

‑11% elektr hisoblagich bo‘yicha qarzdorlik;

‑3,8% transformator o‘rnatish;

‑0,4% elektr ta'minotini yaxshilash bo‘yicha qilingan murojaatlar tashkil qildi.

Kelgan murojaatlarni hududlar bo‘yicha tahlil qilsak eng ko‘p murojaatlar bu Andijon (11%), Farg‘ona (11%), Toshkent viloyati (10%), Namangan (10%), Jizzax (8%), Qashqadaryo (8%) viloyatlariga to‘g‘ri kelmoqda.

Shu fursatdan foydalanib Kun.uz axborot sayti orqali respublikamizni uzoq hududlarida yashayotgan iste'molchilarimizda elektr energiyasi ta'minoti bilan mavjud muammo, kamchilik yoki takliflaringiz har birini Boshqaruv Raisi bilan ko‘rib chiqib, yordam berishiga “O‘zbekenergo” nomidan ishontiraman.

Yana bir bor eslatib o‘tmoqchiman murojaatlarni “TeLeGRAMM” ijtimoiy messenjeri orqali “O‘zbekenergo” AJ bilan muloqot” kanali orqali yo‘llashingiz mumkin.

Hurmat bilan “O‘zbekenergo” Boshqaruv raisi o‘rinbosari Jahongir Obidjonov".

Алишер Рузиохунов
Tayyorlagan Алишер Рузиохунов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid