Oliy Majlis Senatining 21 yalpi majlisida «Iste'molçilarning huquqlarini himoya qiliş töğrisida»gi qonunga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida»gi qonun körib çiqilib, ma'qullandi.
Yangi qonun bilan iste'molçi tomonidan tovarlar uçun haq tölaş naqd pul yoki naqd pulsiz şaklda amalga oşirilişi mumkinligini inobatga olgan holda sotuvçiga haq tölaş şakliga qarab tovarning ayni bir markasi (modeli, artikuli) uçun har xil narxlar belgilaşi taqiqlanmoqda.
Iste'molçiga sotilgan nuqsonli yoki maqbul sifatli tovarlarni qaytarib berişda özaro hisob-kitoblarni amalga oşirişda yuzaga kelayotgan ayrim masalalarga ham aniqlik kiritib ketilmoqda.
Xususan, agar taraflarning kelişuvida boşqaça qoida nazarda tutilmagan bölsa, iste'molçi tomonidan tölangan pul summasini unga qaytariş tovar uçun haq tölaş qanday şaklda amalga oşirilgan bölsa, xuddi şunday şaklda amalga oşirilişi belgilanmoqda.
Tovarda nuqsonlar borligi va uning normativ hujjatlar talablariga muvofiq emasligi tasdiqlangan taqdirda, sotuvçi (işlab çiqaruvçi, ijroçi) tekşiruv (test, ekspertiza) ötkazişni taşkil qilgan iste'molçi yoki iste'molçilar huquqlarini himoya qiliş böyiça vakolatli davlat organlariga tovarlarni tekşiriş (testdan ötkaziş, ekspertiza qiliş) bilan boğliq xarajatlarning örnini töliq qoplaşi kerakligi haqidagi norma kiritilmoqda.
Tovarlarni namunalar va (yoki) ularning tavsifi böyiça axborot tizimlaridan foydalangan holda realizatsiya qilişda iste'molçilar huquqlari buzilişiga yöl qöymaslik va oldini oliş maqsadida uşbu munosabatlarni tartibga soluvçi talablar alohida yangi modda sifatida kiritilmoqda.
















