O‘zbekiston | 10:54 / 05.02.2018
30152
1 daqiqa o‘qiladi

Bir kunda 102 mast haydovchi aniqlandi

Toshkent viloyatida "Avtopatrul tun" profilaktik tadbiri o‘tkazildi. 2018 yilning 3 fevral kuni tashkil etilgan amaliy chora-tadbirlarda viloyat IIB YHX xizmati hamda boshqa sohaviy xizmatlar xodimlari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Undan ko‘zlangan maqsad harakat xavfsizligini ta'minlash va yo‘l-transport hodisalarining oldini olish bo‘ldi.

Tadbirlar davomida YPX inspektorlari haydovchilar tomonidan 102 mast holda va 100 dan ortiq tegishli hujjatlarsiz transport vositasi boshqarish holatlarini aniqlab, 200 dan ortiq avtomashinalar vaqtinchalik jarima maydonlariga qo‘yildi.  

Foto: IIB YHXB
Foto: IIB YHXB

Bundan tashqari, tadbir davomida YHX xizmat va sohaviy xizmat xodimlar bilan hamkorlikda ko‘rilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida shu kuni Yangiyo‘l shahar xududidan olib qochilgan "VAZ-21011" rusumli bo‘lgan avtomashina va gumondor ushlandi.     

Mavzuga oid