Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eronda AQSh va Yevropa maxsus xizmatlariga ishlagan josusga hukm chiqarildi
Foto: Fotolia / Borna_Mir
Erondagi sud Amerika va Yevropa razvedka xizmatlariga ishlashda gumonlanayotgan josusga hukm chiqardi. U olti yilga ozodlikdan mahrum etildi, deb xabar qilmoqda Mehr agentligi Tehron prokurori Abbos Ja'fariy Davlatobodiyga tayangan holda.
"Amerika razvedkasi agentlari bilan AQSh hamda Yevropa mamlakatiga Eron yadroviy masalalari bo‘yicha ma'lumotni berish uchun o‘n marta uchrashgan josus olti yilga ozodlikdan mahrum etildi. Uning josuslik faoliyati doirasida olgan barcha pullari musodara qilinadi", - deya Davlatobodiyning so‘zlarini keltiradi agentlik.
IRNA agentligi ma'lumotiga ko‘ra, josus iqtisodiy sanksiyalarga aloqador bo‘lgan turli hujjatlarni ham bergan.
Mavzuga oid
01:00
AQShda qor bo‘roni sababli 10 mingdan ortiq reys bekor qilindi
21:54 / 24.01.2026
AQSh Venesuelada qo‘llagan “sirli qurol” tafsilotlari ma’lum qilindi
15:42 / 24.01.2026
Tramp: AQSh harbiy kemalari Eron tomon yo‘l olmoqda
13:18 / 24.01.2026