Jahon | 12:14 / 05.02.2018
9300
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda 53 avtomobil to‘qnashib ketdi, qurbonlar bor

Foto: People's Daily

Xitoyning Yunnan viloyatida 53 avtomobil ishtirokidagi ommaviy yo‘l-transport hodisasi natijasida to‘rt kishi halok bo‘ldi. Mahalliy ma'muriyat ma'lumotlariga ko‘ra, YTH dushanba, 5 fevral kuni ertalab Kunmin – Chuchjou tezyurar shossesida yuz bergan.

Xabar qilinishicha, yirik avariyaga noqulay ob-havo sharoitlari sabab bo‘lgan. Dushanbaga o‘tar tunda mintaqada sovuq harorat kuzatilgan, shuningdek, qor aralash yomg‘ir yog‘gan. 

Ta'kidlanishicha, odatda Xitoyning bu janubiy viloyatida fevral oyida harorat 6 daraja iliqdan pastga tushmaydi.

Mavzuga oid