Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda baliq yetishtirish hajmlari oshiriladi
2018 yilda baliq yetishtirish hajmini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida prezident qarori imzolandi. Bu haqda Adliya vazirligining ijtimoiy tarmoqdagi kanalida xabar qilindi.
Qarorda ta'kidlanishicha, hozirda mamlakatda 3 mingdan ortiq baliqchilikka ixtisoslashgan xo‘jaliklar faoliyat yuritmoqda.
Shu bilan birga, sohada bir qator muammolar mavjudligini inobatga olib, baliqchilik sohasini rivojlantirishda baliqchilikni ilmiy asoslangan tashkil etish, inkubatsiya sexlarini va baliq boqish joylarini qurish hamda mavjud suv havzalarini modernizatsiya qilish va kengaytirish ustuvor vazifa qilib belgilandi.
2018 yilga baliq yetishtirishning prognoz ko‘rsatkichlari tasdiqlandi, unga ko‘ra shu yilda 150 000 tonna baliq yetishtirilishi rejalashtirilmoqda.
Qaror bilan baliq kombikormini (kodi TN VED 2309 90) O‘zbekiston hududiga olib kirish bojxona to‘lovlarini to‘lashdan 2020 yil 1 yanvarga qadar ozod qilinmoqda.
Hujjatning to‘liq matni bilan lex.uz saytida tanishish mumkin.
Mavzuga oid
08:32 / 17.03.2026
Yirik va megaloyihalar uchun parallel ekspertiza amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi
20:00 / 14.03.2026
Sirdaryoda baliq ovlaganlar tabiatga qariyb 520 million so‘mlik zarar yetkazdi
15:31 / 14.03.2026
Har ikki yilda 3 ming nafar statistika mutaxassisi o‘qitiladi
10:12 / 10.03.2026