O‘zbekiston | 08:35 / 06.02.2018
5953
1 daqiqa o‘qiladi

Abdulaziz Komilov rasmiy tashrif bilan Xitoyga boradi

Foto: KUN.UZ

2018 yilning 6-7 fevral kunlari O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Xitoy Xalq Respublikasida rasmiy tashrif bilan bo‘ladi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar bermoqda.

Tashrif dasturiga ko‘ra, XXR Tashqi ishlar vaziri Van I, qator vazirlik va idoralar rahbarlari bilan uchrashuv va muzokaralar o‘tkaziladi. 

Unda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi O‘zbekiston-Xitoy muloqotini yanada faollashtirish istiqbollarini muhokama qilish hamda mintaqa va xalqaro ahamiyatga molik masalalar yuzasidan fikr almashish kutilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid