Sport | 16:19 / 06.02.2018
19355
2 daqiqa o‘qiladi

Yengil atletika bo‘yicha Osiyo chempionati g‘oliblari O‘zbekistonga qaytishdi

Foto: Yengil atletika federatsiyasi

Yopiq inshootlarda Yengil atletika bo‘yicha Osiyo chempionatida yurtimiz sharafini himoya qilgan va munosib mukofotlarni qo‘lga kiritgan O‘zbekiston terma jamoasi Toshkentga qaytdi. Bu haqida Yengil atletika federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Chempionat yakunlariga ko‘ra, o‘zbekistonlik sportchilar uch medalni qo‘lga kiritishdi - ikki oltin va bir kumush. 

Osiyo chempionati musobaqalarining birinchi kunida Nadiya Dusanova balandlikka sakrash bo‘yicha eng yaxshi natija (187 sm) ko‘rsatib, birinchi o‘rinni oldi.

Musobaqalarning ikkkinchi kunida Yelena Smolyanova yadro uloqtirish bo‘yicha yetakchilikni (15.54 m) qo‘lga kiritib, oliy o‘rin sohibasiga aylandi.

Uchinchi, Osiyo chempionati o‘yinlarining so‘nggi kunida Aleksandra Yurkevskaya ko‘pkurash bo‘yicha 3858 ochko to‘plab, jamoaga kumush medalni keltirdi. 

Sportchilarimizni ushbu g‘alabalari bilan qutlab, yangidan-yangi zafarlar tilab qolamiz.

Mavzuga oid