Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroil Livan bilan chegarada yangi devor qurmoqchi
Isroil Livan bilan chegarada ajratuvchi devor qurmoqchi. Bu haqda Livan prezidenti Mishel Aunning BMTning Livan bo‘yicha koordinatori Pernil Kardel bilan uchrashuvidan keyingi bayonotida aytilgan.
“Isroil yaqinda “moviy chiziq”ning (BMT tomondan tan olingan, Isroil va Livan o‘rtasidagi chegara) sharqiy va g‘arbiy sektorlarida ajratuvchi devor qurish uchun infratuzilma yaratishni boshladi”, deb aytgan Aun.
“Livan “moviy chiziq” Livan va Falastin hududlari o‘rtasidagi xalqaro chegaraga mos kelmaydi, deb hisoblaydi”, deb qo‘shimcha qilgan Livan rahbari.
Isroil Livan chegarasida beton devor qurishni 1948 yilda boshlagan va hanuzgacha o‘z turar joylari atrofida mudofaa chizig‘ini yaratib keladi.
Isroilda falastinlik jangarilar yo‘lida to‘siqlar barpo etish terrorga qarshi kurashishning eng samarali vositalaridan biri deb hisoblanadi va uni “xavfsizlik to‘sig‘i” deb atash ma'qul ko‘riladi.
Mavzuga oid
09:25
Obama va Trampning Eron bilan kelishuvlari nimasi bilan farq qiladi?
13:33 / 17.06.2026
«Mensiz Isroil bo‘lmasdi» – Tramp Isroilning Livandagi harbiy taktikasini tanqid qildi
19:23 / 16.06.2026
AQSh-Eron kelishuvi Netanyahu va Tramp o‘rtasida kelishmovchilikka olib kelmoqda
18:52 / 16.06.2026