Jamiyat | 17:00 / 06.02.2018
9372
1 daqiqa o‘qiladi

Muqaddam sudlangan shaxs qarindoshini do‘pposlab, pullarini o‘marib ketdi

Foto: KUN.UZ

Toshkent viloyatida jinoyat yuz berdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Qayd etilishicha, 1 fevral kuni soat 10:00larda Quyichirchiq tumani Paxtachi mahallasida yashovchi, muqaddam sudlangan, 1988 yilda tug‘ilgan A.Sh. qarindoshi, Do‘stobod shahrida yashovchi, uy bekasi, 1973 yilda tug‘ilgan I.Yu.ning uyiga kirib, uni tanasining turli joylariga qo‘li va temir bo‘lagi bilan urib jarohat yetkazib, xonasidan pullarini olib voqea joyidan yashiringan.

Natijada I.Yu. kasalxonaga yotqizilgan. Ko‘rilgan choralar natijasida A.Sh. qo‘lga olingan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid