Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Jahon banki Digital CASA loyihasini ishga tushirmoqda
Foto: Mitc.uz
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Jahon bankining O‘zbekistonga tashrif buyurgan maxsus vakillari guruhi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur delegatsiya mamlakatda «Raqamli Markaziy Osiyo — Janubiy Osiyo» (Digital CASA) loyihasini amalga oshirishga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan tashrif buyurgan. Butunjahon banki vakillari tashriflari jarayonida O‘zbekistondagi raqamli rivojlanish holati va natijalar xususida ham muzokaralar olib borishmoqda.
Digital CASA loyihasi Osiyoning rivojlanayotgan mamlakatlaridagi AKT infratuzilmani rivojlantirish, elektron hukumat uchun tizimlari ishlab chiqarish, raqamli iqtisodiyotni joriy qilish va boshqa yo‘nalishlarda faoliyat olib borishni ko‘zlaydi. Uchrashuvda har ikkala tomon Digital CASA loyihasi bo‘yicha o‘z fikr-mulohaza hamda takliflarini bayon qildilar.
O‘zbekiston tomoni mamlakatda ushbu loyihaning amalga oshirilishi natijasida kutilayotgan jihatlar haqida o‘z qarashlarini ma'lum qildi. Shundan kelib chiqib, Jahon banki bilan hamkorlikning mamlakat axborot texnologiyalari va telekommunikatsiyalari tarmoqlarini rivojlantirishdagi ahamiyati qayd etildi.
Uchrashuvda loyihani ishlab chiqish yuzasidan keyingi rejalar belgilab olindi. Shuningdek, Jahon bankining maxsus vakillari O‘zbekistondagi vazirlik va idoralar, jumladan IT-muassasalar bilan uchrashuvlarini davom ettirishmoqda.
Mavzuga oid
14:25 / 26.12.2025
Prezident: tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash uchun barcha choralar ko‘riladi
20:58 / 13.12.2025
Jahon banki O‘zbekistonda talabalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga 250 mln dollar ajratadi
10:01 / 17.10.2025
Jahon banki O‘zbekistonga 800 mln dollar ajratadi
15:03 / 15.10.2025