Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron yadro kelishuvi bekor qilinishi bo‘yicha tegishli javob ssenariysiga ega
Eronning Rossiyadagi elchisi Mehdi Sanaiyning ma'lum qilishicha, Tehronda yadroviy kelishuv bekor qilinishi bo‘yicha javob ssenariysi bor, hamda Moskva bundan xabardor. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilmoqda.
«Eron, albatta, Rossiya, Xitoy, Yevropaning qator mamlakatlari bilan o‘zaro harakatlarni davom ettiradi, Qo‘shma keng ko‘lamli harakatlar rejasini saqlab qolishga intiladi. Biroq agarda u bekor qilinadigan bo‘lsa, unda Eronda ham o‘zining harakatlari ssenariysi bor. Eronda aniq javob harakatlari ishlab chiqilgan», - deya aytib o‘tdi Sanaiy.
Uning ta'kidlashicha, Qo‘shma keng ko‘lamli harakatlar rejasi Eron va BMT XK a'zolari o‘rtasidagi uzoq davom etgan muloqot natijasi sanaladi.