O‘zbekiston | 20:10 / 07.02.2018
25952
2 daqiqa o‘qiladi

Xodimlar oila a'zolari bilan birga sayohatga yuborilishi orqali rag‘batlantiriladi

Foto: KUN.UZ

O‘zbekiston respublikasi prezidenti «Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta'minlash bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.

Hujjat bilan davlat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlariga:

Kollektiv shartnomalarga xodimlarning jamoaviy va oilaviy hordiq chiqarishini tashkil etish bo‘yicha har yili davlat organlari va boshqa tashkilotlarning byudjyetdan tashqari mablag‘lari hisobidan o‘z xodimlarining kamida 10 foizini oila a'zolari bilan dam olishga (ichki turizm) yuborishni nazarda tutuvchi normani rag‘batlantirish chorasi sifatida kiritish;

Xodimlarga mehnat qonunchiligiga muvofiq mehnat ta'tilining ishlatilmagan qismi hisobidan ularga qulay bo‘lgan vaqtda sayohat va dam olish uchun ortiqcha ishlangan kunga dam olish muddatini faol ravishda taqdim etish;

Dastur chora-tadbirlarini amalga oshirish doirasida har yili 30 dekabrga qadar davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlari uchun turistik-ekskursion turlar tashkil etish jadvalini tasdiqlash tavsiya etildi.

Turizmni rivojlantirish bo‘yicha davlat qo‘mitasiga davlat organlari hamda boshqa tashkilotlarga mahalliy turoperatorlar bilan hamkorlikda guruh sayohatlari tashkil etishga ko‘mak ko‘rsatish, shuningdek, mehmonxona va transport tashkilotlariga uyushgan turlarga, yashash va safar (parvoz)ni e'tiborga olgan holda, imtiyozlar taqdim etish bo‘yicha takliflar yuborish vazifasi yuklandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid