Jahon | 11:37 / 07.02.2018
7152
1 daqiqa o‘qiladi

Isroil Damashq yaqinidagi tadqiqot obektiga raketa zarbasi berdi

Foto: Global Look Press

Isroil armiyasi chorshanba, 7 fevral kuni Suriya poytaxti Damashq yaqinida joylashgan Jyemraya tumanidagi ilmiy-tadqiqot markaziga raketa zarbasi berdi.

Suriya havo mudofaasi kuchlari bir necha raketalarni ular nishonga tegishidan avval yo‘q qilgan. Bu haqda TASS «Suriya al-En» yangiliklar portaliga asosan xabar bermoqda.
 
Suriya hukumatining ma'lum qilishicha, Isroil tomonidan tajovuzkorlikni Damashq urush olib borayotgan terrorchilik guruhlariga qo‘llab-quvvatlov taqdim etish sifatida baholashmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid