Jahon | 09:11 / 07.02.2018
6951
1 daqiqa o‘qiladi

Meksika prezidentining qarindoshi bosqinchilar tomonidan otib ketildi

Foto: AP Photo / Gustavo Aguado

Meksika prezidenti amakisining o‘g‘li Mexiko shtatida o‘ldirildi. Bu haqda «RIA Novosti» Proceso portaliga asosan xabar qilmoqda.

Hodisa Meksika yetakchisining ona shahri Atlakomulkoda 4 fevral kuni kechqurun yuz bergan. Ta'kidlanishicha, Enrike Penya Netoning qarindoshi - Masimino Montel Penya – avtomobilini olib qochib ketmoqchi bo‘lgan bosqinchilarga qarshilik ko‘rsatish vaqtida otib o‘ldirilgan. Uning jasadi mashina yonidan topildi.

Ushbu holat bo‘yicha tergov olib borilmoqda. Davlat rahbari bu borada izoh bermagan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров

Mavzuga oid