Jahon | 07:36 / 07.02.2018
9052
1 daqiqa o‘qiladi

Ozarboyjonning Gabala shahri islom dunyosi turizmining poytaxtiga aylanadi

Foto: Anadolu

Ozarboyjonning Gabala shahri 2020 yilda islom dunyosi turizmining poytaxtiga aylanadi.

Ozarboyjon madaniyat va turizm vazirligining xabar berishicha, ushbu qaror Bangladeshning poytaxti Daqqada bo‘lib o‘tgan Islom hamkorlik tashkilotiga (IHT) a'zo davlatlar turizm vazirlarining X anjumani yakunlariga ko‘ra qabul qilindi.

Shuningdek, turizm vazirlarining keyingi – XI anjumani 2020 yilda Gabalada o‘tishiga kelishib olindi.

Anjuman yakunlariga ko‘ra, Ozarboyjon IHTning turizm bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi qo‘mitasi a'zosi etib saylandi.

Gabala Ozarboyjon poytaxti Bokudan 225 km shimolda joylashgan va mamlakatning eng ommaviy sayyohlik yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid