Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Parijda 15 santimetr qor yog‘di
Foto: Reuters
Parij va uning yaqinida harakatlanish 7 fevralga o‘tar tunda shaharda 15 santimetr qor yoqqani tufayli deyarli to‘xtab qoldi. Bu haqda The Local xabar bermoqda.
Hukumat haydovchilarni shaxsiy avtomobillardan foydalanmaslikka chaqirdi. Bundan tashqari, OAV ma'lumotlariga ko‘ra, yuzlab avtomobil egalari tunda shahar yaqinidagi joylarda o‘z mashinalarida qolib ketganlar.
Avtobus harakati butunlay izdan chiqqan, shahar atrofida qatnovchi poyezdlarning katta qismi reyslarni amalga oshirayotgani yo‘q. Parij atrofi va Sharl-de-Goll aeroporti o‘rtasidagi temir yo‘l qatnovi bir necha soatga to‘xtab qolgan. Shahardagi tramvaylar ish jadvali ham buzildi.
Shuningdek, xabar qilinishicha, Eyfel minorasi yopiq holda qolmoqda.
Mavzuga oid
15:43 / 31.05.2026
Parijda «PSJ» fanatlari tartibsizlik keltirib chiqardi – fotolar
23:08 / 21.05.2026
Parij Falastin xalqiga faxriy fuqarolik bermoqchi
08:32 / 21.05.2026
O‘zbekiston Buxoro va Qo‘qondagi tarixiy saroylarni restavratsiya qiladi
10:10 / 18.05.2026