Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Spark»ni olib qochib, so‘ng YTHga uchragan shaxslar ushlandi
28 yanvar kuni Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumanida yashovchi 1986 yilda tug‘ilgan O.O‘.ga tegishli bo‘lgan “Spark” rusumli avtomashina noma'lum shaxs tomonidan o‘g‘irlab haydab ketganligi ma'lum bo‘lgan, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida Uchko‘prik tumani Turg‘oq qishlog‘ida ro‘yxatda turuvchi, vaqtincha Qo‘qon shahar A.Navoiy dahasi 80-uyda yashovchi, muqaddam sudlangan 1993 yilda tug‘ilgan A.D. va Minavvar ko‘chasida yashovchi, muqaddam sudlangan, 1980 yilda tug‘ilgan R.J. shu yil 28 yanvar soat 11.00larda O.O‘.ning uyiga devor oshish yo‘li orqali kirib, mehmonxonasidan 2 turdagi sariq metalldan yasalgan zargarlik buyumlarini, “Royson” rusumli televizori, “Aser” rusumli noutbuki, isitish pechini, sharbat apparatini va oshxona jihozlarini o‘g‘irlab olib chiqib, hovlida turgan O.O‘.ga tegishli “Spark” rusumli avtomashinasini haydab qochib, shu kuni soat 23.00larda A.D. mast holda Qo‘qon shahar Oqtosh ko‘chasida yo‘l-transport hodisasi sodir etib, kasalxonaga murojaat qilganligi aniqlangan.
Ko‘rilgan choralar natijasida A.D. va R.J. qo‘lga olingan.
Mavzuga oid
12:28
2025 yilda voyaga yetmaganlar tomonidan 15 ta qotillik jinoyati sodir etildi
10:49 / 23.01.2026
Farg‘ona vodiysidagi kuchli qor sabab bir nechta reyslar muqobil aerodromlarga yo‘naltirildi
12:24 / 20.01.2026
Farg‘onada Captiva dara yo‘lida ag‘darilib ketdi. Haydovchi halok bo‘ldi
17:23 / 17.01.2026