Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Venesuelada prezident saylovlari 22 aprelda o‘tadigan bo‘ldi
Venesuelada prezident saylovlari 2018 yil 22 aprelda o‘tadigan bo‘ldi. Bu haqda mamlakatning Milliy saylov kengashi rahbari Tibisay Lusena ma'lum qildi.
“Saylovlar 22 aprelga belgilandi”, deb aytgan Lusena.
Lusena bayonoti oldidan Venesuela prezidenti Nikolas Maduro muxolifat bilan kelishuv imzolaganini ma'lum qilgandi. Ushbu kelishuv Dominikan Respublikasidagi muzokaralar natijasi bo‘lgan. Bu hujjat Venesuela hukumati delegatsiyasi tomondangina imzolangan. Muxolifat hujjatni o‘rganib chiqish uchun vaqt olgan va oqibatda uni imzolamagan. Shu tariqa hozircha bu hujjat muxolifat bilan kelishilmagan.
Dominikan Respublikasi prezidenti Danilo Medina 7 fevralda ma'lum qilganidek, muzokaralar davomida saylovlar o‘tadigan sana belgilab olingan. Muxolifat saylovlar 10 iyunda o‘tishini, hukumat esa 8 martda o‘tishini talab qilgan. Natijada saylovlarni 22 aprelda o‘tkazishga kelishib olingan.
Avvalroq Venesuela muxolifati hukumat bilan mamlakatdagi vaziyatni yaxshilash bo‘yicha “noloyiq” kelishuvni imzolamasligini aytgan.
Mavzuga oid
09:37
Venesueladagi zilzila: vayronalar ostidagilarni qutqarishga juda kam vaqt qolmoqda
00:11 / 28.06.2026
Venesueladagi zilzila qurbonlari soni 1400 nafardan oshdi
08:59 / 27.06.2026
Venesueladagi zilzila: qurbonlar soni 920 nafardan oshdi
09:18 / 26.06.2026