Moskva oblastidagi kushxonada gaz balloni portlashi oqibatida o‘zbekistonliklar jabrlandi
Moskva oblastida gaz ballonining portlashi oqibatida O‘zbekiston fuqarolari jabr ko‘rdi. Ulardan uch nafari jonlantirish bo‘limida qolmoqda, yana ikki nafari uncha jiddiy bo‘lmagan jarohatlar oldi. Bu haqda «Interfaks» agentligi huquqni muhofaza qilish organlaridagi manbasiga asosan xabar bermoqda.
Ushbu hodisa Torbeyevo qishlog‘idagi fermer xo‘jaliklaridan birida sodir bo‘lgan.
«Mol so‘yish bo‘yicha korxonaning xo‘jalik buyumlari saqlanadigan inshootida texnika xavfsizligi qoidalari buzilishi tufayli gaz balloni portlab ketgan», - deya xabar berishgan Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligidan.
Bu hodisaga gaz ballonidan foydalanishda xavfsizlik texnikasi qoidalari buzilishi sabab bo‘lgan.
Mavzuga oid
16:50 / 11.10.2024
O‘zbek kompaniyasi Afg‘onistonning energetika sektoriga 1 mlrd dollar sarmoya kiritadi
07:40 / 07.10.2024
"Zapravka"da gaz mavjudligini kuzatish bo‘yicha mobil ilova ishga tushiriladi
18:52 / 06.10.2024
Qish uchun 5 mlrd kub metrdan ortiq gaz omborlarga jamlandi - energetika vaziri
17:44 / 29.09.2024