Pyongchangdagi restoranlardan it go‘shtidan tayyorlangan taomlar olib tashlanmaydi
Janubiy Koreya hukumati Pyongchang restoranlarini Olimpiya o‘yinlari vaqtida o‘zlarining menyusidan it go‘shtidan tayyorlangan taomlarni olib tashlashga ishontira olmadi, deya xabar bermoqda Fox News.
12 muassasadan faqatgina ikkitasi rasmiylarning iltimosiga rozilik bergan va ularga moddiy zarar qoplab berilishi va'da qilingan.
«Bu masalani hukumat hal qilishi kerak. Umid qilamizki, bu o‘yinlar va viloyat obro‘siga ta'sir qilmaydi hamda biz kerak bo‘lganda mahalliy hokimiyat organlarining ishini qo‘llab-quvvatlaymiz. Bundan tashqari, Olimpiya o‘yinlari o‘tkaziladigan barcha joyda it go‘shtidan tayyorlangan taomlar bo‘lmaydi», - deya ma'lum qilishgan 2018 yilgi Olimpiya o‘yinlari tashkiliy qo‘mitasi.
Ta'kidlanishicha, Pyongchangdagi Olimpiada-2018 ga tayyorgarlik ko‘rish uchun bir necha million dollar sarflangan.
Mavzuga oid
14:20 / 27.09.2024
Janubiy Koreyada itlarni go‘shti uchun boqishdan bosh tortgan fermerlarga pul to‘lanadi
23:58 / 11.09.2024
Toshkentdagi restoranlardan birida ommaviy zaharlanish yuz berdi
10:00 / 09.09.2024
Belgiyaning mashhur restoranlar tarmog‘i O‘zbekiston bozoriga kirib kelmoqda
17:27 / 22.06.2024