Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afrinda Turkiya harbiy vertolyoti urib tushirildi
Foto: AP
Afrindagi amaliyot davomida Turkiya harbiy vertolyoti urib tushirildi. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Anadolu.
Davlat yetakchisi aybdorlar buning uchun «katta narx» to‘lashi haqida ma'lum qilgan.
Vertolyot Turkiyaning Suriya bilan chegara yaqinida joylashgan Xatay viloyatida osmoni uzra urib tushirilgan.
Turkiya prezidenti bu borada boshqa tafsilotlarni keltirmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li mamlakat Afrindagi vaziyatni AQSh bilan muhokama qilmasligi haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
16:20 / 26.05.2026
O‘lim to‘shagida ochilgan sir: turk tadbirkorining Shveytsariya bankiga qarshi moliyaviy urushi
13:52 / 26.05.2026
Buvisi muntazam tazyiq o‘tkazib kelgan 3 nafar bola Turkiyadan vatanga qaytarildi
18:34 / 25.05.2026
Turkiya O‘zbekistonga Qurolli kuchlarni isloh qilishda ko‘maklashadi
11:16 / 25.05.2026