Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amerikaliklar Trampdan ko‘ra FQBga ko‘proq ishonishlari ma'lum bo‘ldi
Foto: AP Photo / Evan Vucci
AQSh prezidenti Donald Tramp va Federal qidiruvlar byurosi fikrlari farqlansa, AQShning aksariyat aholisi unda Trampdan ko‘ra ko‘proq FQBga ishonadilar. Bundan Marist Poll kompaniyasi o‘tkazgan so‘rovnoma ma'lumotlari darak bermoqda.
Kompaniya saytida e'lon qilingan ma'lumotlarga ko‘ra, so‘ralganlarning 66 foizi FQBga, 24 foizi esa Trampga ishonishga tayyorliklarini aytganlar. Bundan tashqari, respondentlarning 71 foizi FQB Trampni hokimiyatdan chetlatishga urinmayotgani va shunchaki “o‘z ishini qilayotganini”, 23 foizi esa byuro prezidentga nisbatan noxolis ekanligini aytishgan.
So‘rovnoma 5-7 ferval kunlari o‘tkazilgan va unda 807 kishi ishtirok etgan.
Avvalroq AQSh kongressining razvedka qo‘mitasi “Rossiyaning AQShdagi saylovlarga aralashuvi” tergovi jarayonida FQB va adliya vazirligi qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘ygani haqidagi dokladni e'lon qilgan. Hujjatda FQBning tergovda ishtirok etgan xodimlari Trampga noxolislik qilib, saylovlarda yutqazgan Hillari Klintonni qo‘llab-quvvatlashgani ko‘rsatilgan.
Mavzuga oid
13:42 / 10.03.2026
Eronga AQSh maxsus kuchlari yuborilishi haqidagi xabarlar inkor etildi
12:07 / 23.02.2026
Trampning qarorgohi yonida otib o‘ldirilgan shaxs 21 yoshli rassom bo‘lgan
22:41 / 22.08.2025
FQB agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazdi
17:05 / 04.08.2024