Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Liviyaga qarshi sanksiyalarni yana bir yilga uzaytirdi
AQSh prezidenti Donald Tramp Liviyaga qarshi 2011 yilda kiritilgan sanksiyalarni yana bir yilga uzaytirdi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati ma'lum qildi.
Sanksiyalar Liviyani Muammar Kazzofiy boshqargan vaqtda kiritilgan.
“Liviyadagi vaziyat hamon AQShning xavfsizligi va tashqi siyosatiga favqulodda xavf solmoqda va Kazzofiy oila a''zolari, ularning sheriklari va Liviya milliy yarashuviga qarshilik qilayotgan boshqa shaxslar tomondan aktivlarning olib chiqib ketilishi va boshqa suiiste'molliklardan himoya maqsadida choralar zarur”, deb aytilgan xabarda.
Dastlab sanksiyalar ro‘yxatiga Kazzofiyning o‘zi va uning 4 nafar oila a'zosi, Liviya hukumati, markaziy banki kiritilgan bo‘lgan.
2011 yilda Kazzofiy hokimiyatdan ag‘darilib, o‘ldirilgandan keyin Liviya tinchimayapti. Mamlakatda ikki hokimlik amal qiladi.
Mavzuga oid
10:45 / 27.06.2026
Isroil va Livan AQSh vositachiligida kelishuv tuzdi
09:18 / 27.06.2026
Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi hujumdan keyin AQSh Eronga zarba berdi
21:31 / 26.06.2026
Tramp Eronni Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi sulhni buzganlikda aybladi
11:00 / 26.06.2026