Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Do‘stlik» chegara postidagi «sun'iy navbat»dan kimga foyda?
Foto: KUN.UZ
2017 yilning sentabr oyida O‘zbekistonning Andijon viloyati va Qirg‘izistonning O‘sh viloyatlarini bog‘lab turuvchi «Do‘stlik» chegara posti ochilib, ikki tomon vakillari chegara postidan 24 soat davomida shaxsni tasdiqlovchi hujjat asosida bemalol o‘tish imkoniga ega bo‘lgandi.
Hozirda mazkur postdan kuniga minglab kishilar turli yumush, savdo-sotiq yuzasidan o‘tib kelmoqda. Savdo-sotiq masalasiga oydinlik kiritib o‘tadigan bo‘lsak, chegara postidan Qirg‘iziston tomonga o‘tadiganlarning katta qismi Qorasuv bozoridan o‘zimizda sotish uchun turli tovarlar olib kelishadi.
KUN.UZ tahririyatiga yuborilgan murojaatda so‘nggi kunlarda Qirg‘iziston tomonidan qaytib o‘tish chog‘ida katta navbatlar yuzaga kelayotgani to‘g‘risida aytilgan.

«Qaytib o‘tayotganimizda, qo‘shni davlat chegara va bojxona xizmati postida uch-to‘rt soatlab navbat kutyapmiz. Navbatda turganimizda davlat xizmatchilarining «hojatbaror» yordamchilari paydo bo‘ladi va 5 ming so‘mdan 40 ming so‘mgacha bo‘lgan miqdordagi summaga benavbat o‘tkazib qo‘yishni taklif qilishadi. Bizdan pul olish uchun atay «sun'iy navbat» tashkil qilinyapti. Nahotki, xizmatchilarni ko‘paytirib, jarayonni tartibga solishning ilojisi yo‘q. Mutasaddilar bu holatga e'tibor qaratishsa bo‘lar edi», deyiladi murojaatlardan birida.

Qayd etish joiz, savdogarlar Qorasuv bozoridan asosan Xitoyda ishlab chiqarilgan smart televizorlar, kir yuvish mashinalari, turli maishiy texnika vositalari va kiyim-bosh olib o‘tishadi.
Mavzuga oid
11:40 / 11.02.2026
Uchta hududda bojxona boshliqlari pensiyaga chiqarildi
19:37 / 07.02.2026
Farg‘onada nohaq ayblanib qamalgan bojxona inspektori 15 yildan so‘ng oqlandi
11:13 / 26.01.2026
Prezident bojxona xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi
20:07 / 25.01.2026