Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Futzal. O‘zbekiston Osiyo chempionati bronza medalini qo‘lga kiritdi
Futzal bo‘yicha Osiyo chempionatining uchinchi o‘rni uchun o‘tkazilgan bahsda O‘zbekiston terma jamoasi Iroq terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi.
Uchrashuvning asosiy vaqti 4:4 hisobidagi durang natija bilan yakunlandi. Penaltilar seriyasida esa O‘zbekiston terma jamoasi ikkinchi darvozaboni Akmal Hazratqulov ikkita seyvni amalga oshirib terma jamoamizga g‘alaba keltirdi
Futzal bo‘yicha Osiyo chempionati
3-o‘rin uchun o‘yin
Iroq - O‘zbekiston 4:4 (1:2 pen.)
Gollar: Choriyev (3), Yunusov (26, 39), Hamroyev (28).
O‘zbekiston (dastlabki beshlik): 1. Rustam Umarov, 7. Dilshod Rahmatov, 8. Farhod Abdumavlonov, 11.Artur Yunusov, 14. Konstantin Sviridov.
Zaxiradagilar: 12. Akmal Hazratqulov, 6.Ilhom Hamroyev, 10.Davron Choriyev, 9.Davron Abdurahmonov, 4.Ixtiyor Ropiyev, 13.Husniddin Nishonov, 5.Dilmurod Shavkatov, 3.Mashrab Odilov, 2.Anasxon Rahmatov